速報APP / 音樂與音效 / Tavakkal Qodirov qo'shiqlari

Tavakkal Qodirov qo'shiqlari

價格:免費

更新日期:2018-12-18

檔案大小:43M

目前版本:2.0

版本需求:Android 4.1 以上版本

官方網站:mailto:wsmedia18@gmail.com

Email:https://telegra.ph/Privacy-Policy-12-09-11

Tavakkal Qodirov qo'shiqlari(圖1)-速報App

Tavakkal Qodirov (1926.24.4, Quva tumani — 1996.13.4, Fargʻona) — xonanda (lirik tenor), Oʻzbekiston xalq artisti (1989). Fargʻona musiqa bilim yurti (1961) va Fargʻona pedagogika instituti (1990) ni tugatgan. Dastlab quvalik Tursunboy Karimovdan doira va gʻijjak (skripka) chalishni, "Dugoh", "Segoh" kabi mumtoz cholgʻu kuylarini, Gʻ. va Ye.Hoshimovlardan ashula yoʻllari, ("Yolgʻiz", T.Jalilov; "Oʻltirgʻusi", J.Sultonov va boshqalar)ni oʻrgangan. Keyinchalik K.Otaniyozov, J.Sultonovdan oʻzbek mumtoz va zamonaviy bastakorlar ashulalarini oʻzlashtirgan. Quva tumani madaniyat uyida badiiy rahbar (195159), Fargʻona teatri (1959-78), Fargʻona viloyatlararo filarmoniyasida yakkaxon xonanda (1978— 91), direktor (1978 — 83), Fargʻona universitetida professor (1991 yildan). Betakror, shirali, jarangdor va tiniq, nihoyatda keng va yuqori diapazonli ovoz sohibi. 1955 yildan J. Oxunov bilan hamnafaslik qilgan. repertuaridan Fargʻona-Toshkent musiqa uslubi namunalari ("Qoʻqon Ushshogʻi", "Toshkent Irogʻi", "Tanavor", "Nasrulloyi" va boshqalar), Xorazm yoʻllari ("Suvora", "Feruz", "Segoh"), zamonaviy bastakorlar ("Toʻy muborak", Faxr. Sodiqov; "Bizni tashlab", "Fargʻona tong otguncha", M.Murtazoyev; "Dogʻman", K.Otaniyozov; "Oʻlmasin", J.Sultonov va boshqalar) hamda mumtoz va zamonaviy shoirlar gʻazallariga oʻzi yaratgan ("Oʻxshaydiku", Hamza sheʼri; "Shunchamidi", O.Hakimov; "Jamollaringdan", Naqshiy; "Kecha oydin", Mirtemir; "Oʻynasin", Habibiy va boshqalar) ashula va yallalar keng oʻrin olgan. Ijro uslubi baland avjlarni keng ishlatilishi, ravonlik, keng nafas, har bir soʻzini donadona qilib aytishi bilan ajralib turadi. Ijodiga bagʻishlangan 2 telefilm (1963, 1992) va videofilm (1991) suratga olingan. Ijrolari bir necha gramplastinka va Oʻzteleradiokompaniyasi fonotekasiga yozilgan. N. Hamroqulov, N.Haydarov, S.Mannopov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist A.Karimov va boshqalarga ustozlik qilgan. Fargʻonada sanʼat kolleji hamda koʻchalardan biriga Tavakkal Qodirov nomi berilgan.

Ushbu ilovada Tavakkal Qodirovning:

- Bizni tashlab

- Dog`man

Tavakkal Qodirov qo'shiqlari(圖2)-速報App

- Farg`ona

- Fasli navbahor

- Farg`ona tong otguncha

- G`unchamidi

Tavakkal Qodirov qo'shiqlari(圖3)-速報App

- Janon

- Ko`cha oydin

- O`xshaydi-ku

- Sohibjamolim

Tavakkal Qodirov qo'shiqlari(圖4)-速報App

- Suvora

- Tanovar

- Toshkent irog`i

- Ustina

Tavakkal Qodirov qo'shiqlari(圖5)-速報App

nomli qo`shiqlari joy olgan.

Tavakkal Qodirov qo'shiqlari(圖6)-速報App